“Google” “Bard” chat-botiga xotira funksiyasini qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Inc.ru” nashri xabar berdi.

Yangilik botga foydalanuvchi bilan o‘tgan suhbatlardagi ma’lumotlar asosida muloqot o‘tkazish imkonini beradi.

Ilgari “Bard” foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni saqlamas edi, endi esa uning javoblari shaxsiylashtirilgan bo‘ladi.

Neyron tarmoq foydalanuvchi haqidagi faktlarni, masalan, u vegetarianmi yoki qancha bolasi borligini eslab qoladi.

bard, chat-bot, google, xotira

Ushbu tafsilotlar retseptlar va sayohat tavsiyalarini qidirishni yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin. Foydalanuvchi chat-bot qaysi xizmatlarga kirishini tanlay oladi.

Avvalroq “Google” Bard chat-botini o‘z xizmatlariga qo‘shgani haqida xabar berilgandi.

Chat-bot foydalanuvchiga “Gmail”, “Documents”, “Drive” va boshqalardan ma’lumotlarni topishi va ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, “Google” sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega “Chromebooks Plus"ni ishga tushirgandi.

Yangi modellarda “Adobe Photoshop” va “Adobe Express"ning sun’iy intellekt xususiyatlari, foydali video konferensiya funksiyalari va boshqa ko‘plab imkoniyatlar mavjud.