Markaziy bank “Visa” kompaniyasi bilan moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv platformani ishga tushirdi. Bu haqda regulyator matbout xizmati xabar berdi.

Moliya olami“- bu aholi uchun interaktiv “edutainment” formatidagi onlayn o‘quv ta’lim loyihasi.

Platforma o‘quv tematik modullarining 4ta bosqichini o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilar:

  • “Bilimlar mamlakati” — kartalar va banklar haqida asosiy bilimlar;
  • “Chiqimlar mamlakati” — mablag‘larni oqilona sarflash;
  • “Omonatlar mamlakati” — jamg‘armalar va sarmoyalar;
  • “Biznes mamlakati” — biznes uchun maslahatlar va layfhaklar.

Har bir ishtirokchi 4ta bosqichdagi moduldan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda virtual diplomga ega bo‘ladi.

Platforma turli e’lon namunalari orqali aholini onlayn firibgarlik turlari bilan ham tanishtiradi. Uning yordamida firibgarlarga aldanib qolmaslik bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish mumkin.

Shu bilan birga, ishtirokchilar platformada moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv resurslaridan va bank kartalarini ochish uchun banklarining rasmiy saytlari havolalaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

Onlayn platformaga havola orqali o‘tish mumkin.


Iyul oyida Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti kiberxavfsizlik markazi tomonidan feyk xabarlarni aniqlovchi platforma yaratilgandi.