“Google” Android foydalanuvchilariga reaksiya kulgichlari bilan “Gmail” xatlariga javob berish imkonini beradi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar bermoqda.

U tez orada Android smartfon va planshetlari uchun rasmiy “Gmail” ilovasida mavjud bo‘ladi.

Kompaniya mazkur funksiya veb-interfeysda va iOS’da yaqin oylarda paydo bo‘lishini ma’lum qilgan.

Reaksiya olganlar xat oxirida “Javob berish” va “O‘tkazish” opsiyalari yonida tabassum belgisini ko‘radilar.

android, gmail, google, reaksiya, smaylik

Agar xat bir guruh foydalanuvchilar tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, barcha tayinlangan reaksiyalar boshqalarga ko‘rinadi.

Foydalanuvchi kimdir allaqachon tanlagan kulgichni takrorlash uchun uni bosishi kerak.

Reaksiyani kim qo‘yganini bilish uchun uni bosish va ushlab turish kerak. Foydalanuvchi reaksiyani 5−30 soniya ichida o‘chirish mumkin.

Bu muddat “Yuborishni bekor qilish” funksiyasining foydalanuvchi sozlamalariga bog‘liq.

Agar “Gmail” ilovasining eski versiyasidan yoki “Apple Mail” yoki “Microsoft Outlook” kabi uchinchi tomon mijozlaridan foydalanilsa, xabarlarni mavzular bo‘yicha guruhlashni o‘chirib qo‘yilsa, korporativ yoki talaba hisobidan yozishma qilinsa, reaksiyalar alohida harflar bilan kelishi mumkin.


Avvalroq “Spot” “Google"ning “Duet AI” xizmati endi foydalanuvchilar o‘rniga elektron pochta xabarlarini yozishi haqida yozgandi.

Bunda “Gmail” foydalanuvchilari elektron pochta xabarlarini yozishda yordam berish uchun turli xil variantlarni taklif qiladigan “menga yozishga yordam bering” tugmachasidan foydalanishi mumkin.