Hisob palatasida “Masofaviy nazorat” markazi tashkil etildi. Bu haqda “UzA” xabar berdi.

Markaz 28ta vazirlik va tashkilotlar budjetini nazorat qilib, budjet xarajatlarining samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish hamda davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan.

Masofaviy markazni tashkil etishda vazirlik va idoralarning auditlari takliflari inobatga olingan. Unda 28ta vazirlik va davlat idoralarining 115 turdagi ma’lumotlari shakllantirildi.

Markaz 3 ta yo‘nalishda faoliyatini amalga oshiradi:

  • ichki faoliyat nazorati;
  • davlat tashkilotlarining ichki audit nazorat tizimi;
  • tashqi va ichki manbaalar, “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

Shuningdek, markaz kiberxavfsizlik talablari asosida serverlar, kompyuter va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlangan.

Dastlabki bosqichda joyiga chiqib auditorlarni hamda davlat idoralarining vaqtini olishga sababchi bo‘lgan 25 xildagi nazorat tadbirlarini bevosita dasturiy komplekslar yordamida tahlil qilish va qonunbuzilishlarni oldini olish imkonini berdi.


Avvalroq Toshkentda issiqlik ta’minoti bo‘yicha aloqa markazi ishga tushirilgandi.