2022-yil noyabr oyida Niderlandiyaning “Veon” telekommunikatsiya xoldingi o‘zining Rossiyadagi aktivini sotishi haqida ma’lum qilgandi.

Xolding mamlakatda “VimpelCom” kompaniyasiga (Beeline brendi) egalik qiladi.

“Beeline” “Kommersant"ga aksiyador operatorning egalik huquqini qayta qurish jarayonini boshlaganini tasdiqlagandi.

“Veon” telekommunikatsiya xoldingi operatorni (Beeline) VimpelCom” bosh direktori Aleksandr Torbaxov boshchiligidagi bir guruh top-menejerlarga sotdi, deyiladi xolding xabarida.

Qayd etilishicha, bitim narxi $130 mlrdni tashkil etadi va u qayta sotib olishni nazarda tutmaydi. Bu “Veon” uchun Rossiya bozoridan to‘liq chiqishni anglatadi.

“Beeline"ning qo‘shimcha qilishicha, bitim doirasida kompaniya Rossiyadagi Veon obligatsiyalarining 96% dan ortig‘ini, shu jumladan Milliy hisob-kitob depozitariysida hisobga olingan guruhning barcha obligatsiyalarining 99,6% dan ortig‘ini sotib olgan.

“Sotishning va Rossiyadan chiqishimizning tugallanishi bizga kuchimizni to‘liq oldinga siljish, bozorlarimiz — Pokiston, Ukraina, Bangladesh, Qozog‘iston, O‘zbekistondagi ortib borayotgan talabni qondirishga yo‘naltirish imkonini beradi”, — dedi “VEON Group” bosh direktori Kaan Terzioglu.

“Veon” 2022-yilning noyabrida “Beeline” sotuvi haqida e’lon qildi va bitimni 2023-yilning 1-iyuniga qadar yopishni rejalashtirgandi.

Keyinchalik, xorijiy investitsiyalar bo‘yicha yuridik komissiyaning kamida 90% rus egalaridan “Veon” obligatsiyalarini qaytarib sotib olish talabi tufayli bu muddat 13-oktabrga ko‘chirildi, deb yozadi “RBC”.

"VimpelCom" kompaniyasi bosh direktori Aleksandr Torbaxov “Beeline” uyali aloqa operatori “Veon” kompaniyasi tomonidan Rossiya top-menejmentiga sotilganidan keyin o‘z brendini saqlab qolishi haqida ma’lum qilgnadi.

“Albatta, bu o‘zgarmaydi, „Beeline“ „Beeline“ bo‘lib qoladi”, — deya javob berdi Torbaxov jurnalistlarga operator mahalliy boshqaruvga sotilganidan keyin brendni saqlab qoladimi, degan savolga.


Avvalroq “Spot” Finlyandiyaning “Fortum” energetika kompaniyasi Rossiyadagi aktivlarini sotishi mumkinligi haqida yozgandi.

Kompaniya bosh direktorining ma’lum qilishicha, Rossiya aktivlari boshqaruvidagi o‘zgarishlar bu jarayonni murakkablashtirmoqda.