Niderlandiyaning “Veon” telekommunikatsiya xoldingi o‘zining Rossiyadagi aktivini sotadi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida e’lon qilgan.

Xolding mamlakatda “Vimpelcom” kompaniyasiga (“Beeline” brendi) egalik qiladi.

Xabarga ko‘ra, hozirda barcha manfaatdor tomonlar uchun eng yaxshi natijaga erishish variantlari o‘rganilmoqda.

“Beeline” “Kommersant"ga aksiyador operatorning egalik huquqini qayta qurish jarayonini boshlaganini tasdiqlagan.

Nashrning xabar berishicha, gap rus biznesini boshqarishni top-menejmentga topshirish haqida ketmoqda.

“NSP” yuridik firmasining hamkori Sergey Glandinning fikricha, Rossiya aktividan chiqish “Veon” uchun ham foydali bo‘ladi, birinchi navbatda, obro‘ga oid xavflarni kamaytiradi.

“Finam” tahlilchisi Leonid Delitsinning so‘zlariga ko‘ra, xoldingining butun biznesi $10,7 mlrdga teng. U “Vimpelcom"ni taxminan $5 mlrd rublga baholaydi.


Avvalroq “Spot” Yaponiyaning “Nissan” kompaniyasi Rossiya bozorini tark etayotgani haqida yozgandi.