O‘zbekistonliklar Litvaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, agentlik “СЕ” toifali guvohnomaga ega yuk avtomobili haydovchilarini ishga jalb qilmoqda.

Ish haqi kuniga 77 yevrodan boshlanadi (netto — soliqlar ushlangandan keyin).

Ishga joylashganlarning sug‘urtasi ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • 21−50 yoshdagi erkaklar;
  • rus tilini bilishi;
  • “CE” haydovchilik guvohnomasi;
  • sudlanmaganlik;
  • kamida 1 yillik tajriba;
  • O‘zbekistondan chiqishga taqiq bo‘lmasligi;
  • Taxograf CHIP-kartasi va ADR borlarga ustunlik beriladi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Batafsil ma’lumotlarni +998712023355 (ichki raqam 17) yoki (1282 qisqa raqami) raqamidan olish mumkin.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgandi.

Ishchilarga oyiga 1800 yevro miqdorida oylik ish haqi beriladi. Aeroportdan turar joygacha transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplanadi.