Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi “Bobur” ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur ko‘chaning Toshkent xalqaro aeroportidan “Muqimiy” va “Nukus” ko‘chalari bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli, yo‘lning bir tomoni joriy yilning 20-oktabr kuni soat 10:00dan 25-oktabr kunigacha transport harakati uchun yopiladi.
Qayd etilishicha, har ikki yo‘nalishda harakatlanish yo‘lning ikkinchi tomonida amalga oshiriladi.
Avvalroq Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakatlanishiga cheklov o‘rnatilgandi.
Undan keyin vaqtinchalik bepul mikroavtobus harakati yo‘lga qo‘yilib, 3M-sonli 2ta mikroavtobus Xalqaro aeroport bekati bilan Yakkasaroy TIIB bekati oralig‘ida harakatlanadi.