Yaqin kelajakda “Google” sun’iy intellektdan foydalanish doirasida foydalanuvchining yuzini kuzatish uchun ChromeOS’ga “Face Tracking” funksiyasini qo‘shadi.

Bu xususiyat Chromebook qurilmasini ko‘z harakati yordamida boshqarish imkonini beradi.

“Face Tracking” ba’zi sabablarga ko‘ra sichqoncha va klaviaturadan foydalana olmaydigan yoki foydalanmoqchi bo‘lmaganlar uchun kompyuterni boshqarishni sezilarli darajada osonlashtiradi.

Mazkur funksiya “ChromeOS"ning 120-versiyasida Kursor va sensorli panel sozlamalari sahifasining “maxsus imkoniyatlar” bo‘limida joriy qilingan, ammo hozircha undan foydalanib bo‘lmaydi.

chromebook, chromeos, google, klaviatura, sichqoncha

“Face Tracking” qanday ishlashini aniq taxmin qilish mumkin, ammo mutaxassislar “Chromebook"da mavjud bo‘lgan “ChromeVox"ning kirish vositasi bilan o‘xshashlikka moyil bo‘lib, hozirda ekrandagi har bir elementni raqam bilan belgilashga imkon beradi.

Keyin, ushbu raqamni ovoz bilan aytganda, foydalanuvchi uni sichqonchani bosgandek tanlashi mumkin.


Avvvalroq “Google Meet"ning ba’zi foydalanuvchilar uchun yangi funksiya taqdim etilishi haqida xabar berilgandi.

Mazkur funksiya ikki rejimda mavjud bo‘lib, bu videoqo‘ng‘iroq paytida yuzning rangini turli darajada tekislash, ko‘z ostidagi joylarni yoritish va uning qizarganini yashirish imkonini beradi.