Oktabr oyi o‘rtalarida “EastFruit” O‘zbekistonda pomidor ulgurji narxlari dinamikasining o‘sish tendensiyasi qayta boshlangani va mahsulotlar narxlari o‘sishda davom etayotgani haqida yozgan edi.

Bir haftalik pauzadan so‘ng pomidorning ulgurji narxlari yana oshdi — o‘tgan haftada pushti pomidor 50%ga, qizil yumaloq pomidor esa 43%ga qimmatlashdi.

“EastFruit” narxlari monitoringiga ko‘ra, 2023-yil 20-oktabrdan 27-oktabrgacha O‘zbekistonda pushti pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 12 ming so‘mdan 18 ming so‘m/kgga ($0,98dan $1,47ga) oshdi.

Ushbu mahsulotlarning ulgurji narxlarining o‘sish tendensiyasi oktabr oyi boshidan buyon davom etib, oy davomida pushti pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 7000 so‘mdan 18 ming so‘m/kg gacha ($0,57dan $1,47gacha) oshdi.

narx, pomidor

Oxirgi haftada qizil dumaloq pomidorning ulgurji narxlari ham keskin oshdi, 2023-yil 20-oktabrdan 27-oktabrgacha ushbu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxi 7000 so‘mdan 10000 so‘m/kgga ($0,57dan $0,82ga) oshdi.

narx, pomidor

Ushbu mahsulotlarning narxi ketma-ket uchinchi hafta oshib borayotganini hisobga olsak, bu davrda O‘zbekistonda qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 4000 dan 10 000 so‘m/kg gacha ($0,33dan $0,82ga) oshdi.

Sentabr oyi oxirrog‘ida platforma mutaxassislari O‘zbekistonda uzum narxi rekord o‘rnatishda davom etayotganini tahlil qilishgandi.