“IT Park” Farg‘onadagi iqtidorli yoshlari uchun qishloq xo‘jaligi va raqamli fermerlik sohasida “Hack4DigitalVillages” mintaqaviy xakatoniga arizalar qabuli boshlanganini e’lon qiladi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad iqtidorli dasturchilar, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ekspertlar va mutaxassislarni sohadagi dolzarb muammolarni hal qilishga yordam beradigan innovatsion IT yechimlarni ishlab chiqishga jalb qilishdan iborat.

Ishtirokchilar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha yechimlarni taklif qilishlari va ishlab chiqishlari mumkin:

  • qishloq xo‘jaligi sohasi uchun sun’iy intellekt;
  • aqlli issiqxona texnologiyalari;
  • samarali sug‘orish yechimlari;
  • pestitsidlardan foydalanishni boshqarish va nazorat qilish;
  • agrobiznes sohasidagi ta’lim dasturlari.

Xakaton 24−26 noyabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish bepul bo‘lib, hujjatlar 2023-yil 22-noyabr soat 18:00 gacha havola orqali qabul qilinadi:

Arizalar individual ishtirokchilardan ham, ikki-uch kishidan iborat jamoalardan ham qabul qilinadi. Ishtirokchilar xakatonning birinchi kunida ham jamoalarni shakllantirishlari mumkin.

Uchta eng yaxshi jamoalar umumiy qiymati $13 ming bo‘lgan mukofotlar bilan taqdirlanadilar va o‘z loyihalarini amalga oshirishda murabbiylik yordami oladilar.

Tadbir o‘zbek va ingliz tillarida rus tiliga sinxron tarjima bilan o‘tkaziladi. Jamoaning kamida bitta a’zosi ingliz tilini bilishi muhim.