“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab berishadigan “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.

Bu safargi materialda “TEAM” universiteti hammuassisi va “HM Partners” asoschisi Hikmat Abdurahmonov bilan suhbatlashdik.

U kunini va ishini nimalarsiz tasavvur qilolmasligi haqidagi savollarga javob berish uchun ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

Uning qayd etishicha, qayerga borishiga va safarining davomiyligiga qarab turli ryukzaglardan foydalanadi va ryukzaglarga boshqacha mehr bergan.

Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:



Ish stolimda ko‘p narsa yo‘q, shunga qaramasdan ruchka va daftar, stol lampasi, podkastlar qilib turaman ba’zida shularni tasvirga olishda telefonimni qo‘yish uchun “podstavka” turadi.

Endi ryukzagimdagi narsalarga kelsak birinchi ko‘ratadiganim safarlarga borganimda birga olib yuradigan tish chotkasi, poyabzal kiyish qoshig‘i va qo‘lni namlantiruvchi krem bor.

“Amazon” “Kindle” elektron kitobi

Ryukzagim ichida menga yoqadigan “Amazon"ning “Kindle” elektron kitobi bor. Oxirgi payt kitob sotib olmayman, chunki audio yoki yozma bo‘ladimi “Kindle” qulay hisoblanadi.

Uning yana bir yaxshi tarafi yangilik chiqsa, sizga kitoblarni bosma kitoblarda 20−30% arzonroq taklif qiladi.

Notebook va iPad

Har doim “Apple” brendiga tegishli “iPad"ni olib yuraman, uni yana bir qulay tarafi ruchkasi bor ekanligi.

Shuningdek, o‘zim bilan noutbuk ham olib yuraman. Ba’zi paytda qaysidir hujjatlarni, fayllarni qilish yoki universitetga bog‘liq ishlarni qilish kerak bo‘lgan paytda noutbukdan foydalanaman. Boshqa vaqtlari planshet va telefon orqali ishlarni qilaman.

Yana bir yaxshi ko‘radigan va o‘zim bilan olib yuradigan narsam, ruchkalar solib yuradigan g‘ilof. Uni ichida hozirda marker ham bor. Chunki universitetda o‘qituvchilik qilaman, bu esa doim yoningizda marker yurishi kerak degani. Shuningdek, dadam sovg‘a qilgan va ulardan esdalik bo‘lgan “Montblanc” brendi ruchkasi ham bor.

Ryukzagimda yaqinda sotib olgan qopcha bor, uni ichida hamyonim, boshqalar bergan tashrif qog‘ozlarini solib qo‘yish uchun kichkina hamyon bor.

O‘zimning tashrif qog‘ozimni elektron karta shaklida qildirganman, bu juda ham qulay. Shuning uchun oxirgi payt elektron tashrif qog‘ozimdan foydalanyapman.

Albatta o‘zim bilan quloqchin olib yuraman, chunki ko‘p “ZOOM” uchrashuvlar o‘tkazamiz.

Deyarli qog‘oz olib yurmasam ham, lekin ryukzagimda universitet bilan bog‘liq qog‘ozlar bor, ya’ni bular talabalarning davomati haqida ro‘yaxt va O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarning ishlashi haqida talabalarga amaliy ko‘rsatish uchun o‘zim yozgan keyslar bor.

Ryukzagimni o‘ziga keladigan bo‘lsak, u “Tumi” brediga tegishli. Bitta emas, bir nechta ryukzaglarim bor. Qayerga borishimga va safarimning davomiyligiga qarab turli ryukzaglardan foydalanaman, Tanishlarim va yaqinlarim bilishadi, ryukzaglarga boshqacha mehr berganman.