“Alabuga” EIZ va “Ximgrad” Qoraqalpog‘istondagi sobiq hududiy paxta terminali hududida o‘z loyihalarini ochishi mumkin, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri.

Qayd etilishicha, Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekistonda ishchi tashrifi davomida shunday taklif bilan chiqdi.

Gap Nukus shahri markazi yaqinidagi obyekt haqida ketyapti. Uning yonidan temir yo‘l liniyasi o‘tgan bo‘lib, maydoni 6,9 ming kvadrat metrdan oshadi.

“Energiya resurslarining mavjudligi, etarli joy miqdori, qulay soliq rejimi va eng muhimi, ishchi kuchi — agar sizda shunday baza mavjud bo‘lsa, unda siz ishlashingiz mumkin”, dedi Minnixanov.

Tatariston rahbari safari yakunlariga ko‘ra ishchi guruh tashkil etish va takliflar kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.


Avvalroq “Alabuga” kompaniyasi Buxoroda maxsus iqtisodiy zona tashkil etishi haqida xabar berilgandi.

“Alabuga” direktori o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, EIZ faoliyatining dastlabki ikki-uch yilida 20ga yaqin rezident jalb qilinadi va va O‘zbekiston hukumati tomonidan EIZning birinchi bosqichi qurilishiga $60 mln sarmoya kiritiladi. Shuningdek, loyiha natijasida 3,6 ming ish o‘rni yaratiladi.

“O‘ylaymanki, O‘zbekistonda o‘zlarining ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirishdan manfaatdor rossiyalik rezidentlar „Alabuga“ tomonidan yaratilgan maydonchaga kelishdan mamnun bo‘lishadi”, — dedi u.

Bundan tashqari, Ayupov Buxoroda EIZ qurilishi O‘zbekistonda me’yoriy hujjatlar qabul qilingandan keyin keyingi yilning boshida boshlanishi mumkin.