“Instagram"ning “Yaqin do‘stlar” funksiyasini kengaytirmoqda, deb yozadi “TechCrunch” nashri.

Ilgari foydalanuvchilar hikoyalarini barcha bilan emas, balki tanlangan odamlar guruhi bilan baham ko‘rishlari mumkin edi, endi foydalanuvchilar postlar va asosiy tasma videolarini faqat o‘zlarining yaqin do‘stlari bilan baham ko‘rishlari mumkin.

Foydalanuvchilarning yaqin do‘stlari ro‘yxati barcha turdagi postlar, xoh hikoyalar, videolar, tasma postlari yoki eslatmalar uchun bir xil bo‘lib qoladi.

Tanlangan miqdordagi obunachilar uchun post yoki Reels joylashtirish uchun nashr qilishdan oldin “Tomoshabinlar” menyusini ochib, undan “yaqin do‘stlar” ro‘yxatini tanlash kerak.

Tasmada bunday kontent “Hikoyalar"ga o‘xshash yashil yulduzcha bilan belgilanadi. Postlar va Reels ostidagi yoqtirishlar va sharhlar ham ro‘yxatdagi barcha foydalanuvchilarga ko‘rinadi.

Ijodkorlar uchun “Yaqin do‘stlar” funksiyasi yana bir potensial daromad manbasini ochadi. Ular endi o‘zlarining vaqtinchalik “Yaqin Do‘stlar” hikoyasidan tashqari eksklyuziv Instagram kontentidan daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

“Instagram” yaqin do‘stlar ro‘yxatini 2018-yilning kuzida taqdim etgandi. Bu funksiya esa sentabr oyida sinov paytida aniqlangan, ammo endi rasman chiqariladi.

Avvalroq “Instagram” tasmada faqat tasdiqlangan foydalanuvchilarning xabarlarini ko‘rish imkonini beruvchi funksiyani joriy qilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Tasmaning yuqori qismidagi “Instagram” logotipini bosilganida, o‘zgartirish tugmasi “Kuzatuvlar” va “Sevimlilar” tugmalari yonida paydo bo‘ladi.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur funksiya ayrim foydalanuvchilar orasida test qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoq rahbari Adam Mosseri testda qancha foydalanuvchi ishtirok etayotgani va qanday qo‘shilish kerakligini aytmadi.

Mosserining so‘zlariga ko‘ra, bu variant biznes va mualliflarga ko‘proq ko‘rinish olishiga yordam beradi.


“Spot” avvalroq “Instagram” izohlarda so‘rovnoma o‘tkazish imkoniyatini sinab ko‘rayotgandi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, ushbu funksiya tez orada Instagramning barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi.