O‘zbekiston rossiyaliklar orasida eng mashhur qishki yo‘nalishlar uchligiga kiradi. Bu haqda “Yandex.Travel” tadqiqotiga asoslanib “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Birinchi o‘rinda Tayland turadi, u yerda sayohat kishi boshiga 77 ming rubl ($835,8) turadi. Shuningdek, Taylandning Bangkok va Pxuket eng ko‘p tashrif buyuriladigan shaharlar deb topildi.

O‘zbekiston rossiyaliklar orasida mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Rossiyalik sayyohlar uchun aviachiptalar narxi 31 ming rublni (Rossiya Markaziy banki kursi bo‘yicha $336,5) tashkil etadi.

Kuchli uchlikda eng ommabop yo‘nalishlardan biri Turkiya ($423,3) turibdi. Qishki yo‘nalishlar TOP-5ligini Hindiston ($575,3) va Ozarbayjon ($303,9) yakunladi.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida O‘zbekistonga qariyb 630 ming Rossiya fuqarosi kelgan. Xususan, 200 mingdan ortiq rossiyalik sayyohlik maqsadida kelgan.


Avvalroq “Spot” O‘zbekiston rossiyaliklar kuzda borishni reja qilgan yo‘nalishlardan biriga aylangani haqida yozgandi.