Xitoylik investorlar Sirdaryoda parrandachilik majmuasi quradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘icha, viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev xitoylik sarmoyadorlar tomonidan ta’sis etilgan “Mailefu” xorijiy korxonasi rahbari Dong Feng bilan uchrashdi.

Kompaniya Guliston tumanidagi Chortoq mahallasida parrandachilik kompleksini qurish loyihasini amalga oshirmoqda.

Qo‘shimchasiga yem ishlab chiqarish zavodini o‘z ichiga olgan ushbu loyiha uchun investor $10 mln miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadi.

Kelgusida don mahsulotlarini qayta ishlab, Xitoyga eksport qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida dastlabki bosqichda 50ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, Sirdaryo delegatsiyaisning Xitoyga safari davomida Tiandzin ilm fan va texnologiyalar universiteti texnoparki bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Gulistonda biologik qo‘shimchalar, Yangiyer shahrida ozuqa mahsulotlari, go‘daklar uchun maxsus qorishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati $27 mlnlik loyihalarni amalga oshirishga kelishdi.

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyatidagi erkin iqtisodiy hamda kichik va yoshlar sanoat zonalari boshqaruviga Xitoy tajribasini joriy etish, xorijiy kompaniyalarni jalb qilish uslublarini amalda qo‘llash ko‘rib chiqildi.

Avvalroq Rossiyaning “Impact-Bio” kompaniyasi Sirdaryoda qiymati $20 mlnlik biotexnologik majmua qurishi xabar berilgandi. Markaz oqsilli ozuqa, oziq-ovqat qo‘shimchalari va biopolimer mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.