Oktabr oyida Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrifi doirasida mamlakatning “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyat bilan kechgan uchrashuvda tez orada xolding O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishi ma’lum qilingandi.

Joriy yilning noyabr oyida kompaniya O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Dunyo nashri xabar berdi.

Bu bo‘yicha Qatar kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Moris Ghattas va kompaniya tarkibiga kiruvchi “USS Holding” rahbari Muhammad Sabri bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosi muhokama qilindi.

“Power International Holding” yo‘llar, ko‘p tarmoqli shifoxona majmuasi, Buxoro, Samarqand va Toshkentdagi mehmonxonalar qurilishida hamda “yashil” energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin.

Bundan tashqari, Qatar kompaniyasi Navoiy viloyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.

Power International” kompaniyasi 1983-yilda tashkil etilgan. Sog‘liqni saqlash va turizm, qishloq xo‘jaligi, mehmonxona va ko‘ngilochar biznes sohalarida faoliyat yuritadi. Xolfing 19ta mamlakatda faoliyat olib boradi.


Avvalroq Toshkentda Saudiya Arabistonining “Vision invest” kompaniyasining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi haqida xabar berilgandi.