Samarqandda o‘tkaziladigan “School 21” dasturlash maktabiga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda O‘zbekiston hamda qo‘shni mamlakatlardan IT-sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

O‘quv jarayonlari joriy yilning dekabr oyida boshlanib, saralash bosqichi 26 kun davom etadi. Intensiv kursi davomida ishtirokchilar jamoaviy loyihalarni amalga oshiradi hamda uning natijasi asosida qatnashchilar asosiy mashg‘ulotlarga yo‘llanma olishlari mumkin.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun nomzodlar 18 yoshdan yuqori bo‘lishlari kerak. Darslar ingliz tilida olib boriladi, shuningdek, ingliz tilidan ko‘nikmaga ega bo‘lmaganlar uchun barcha vazifalar rus tilida takroran tushuntirib beriladi.

“School 21"da ta’lim olish uchun avvalgi bilimlar, ish tajribasi, dasturlash ko‘nikmalari va diplomga ega bo‘lish talab etilmaydi. O‘quv mashg‘ulotlari raqamli ta’lim platformasida, sohaga yo‘naltirilgan, moslashuvchan va doimiy rivojlanib boradigan kontent orqali amalga oshiriladi.

Maktabda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi:

  • tarkibiy dasturlash (S);
  • obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (S++);
  • kompyuter tarmoqlari, algoritmlar, ma’lumotlar bazalari (SQL);
  • amaliy dasturlash (Java, Python, Golang);
  • mobil dasturlash (Frontend, Baskend, ML & DS, Big Data, GameDev) va boshqalar.

O‘quv jadvali individual bo‘lganligi sabab, o‘qish uchun sarflangan soatlar soniga va oxirida erishiladigan darajaga (Junior yoki Middle) qarab, o‘qish 1,5 yildan 3 yilgacha davom etishi mumkin.

Shuningdek, 3 oylik majburiy amaliyot davrini ham o‘z ichiga oladi. Har bir ishtirokchi amaliyot boshlangungacha kamida 3ta dasturlash tilini o‘rganib olishi va bu bilimlarni kasbiy faoliyatda qo‘llashi kerak bo‘ladi.

Asosiy ta’limda loyihalarni masofadan topshirish va tekshirish mumkin. Biroq, imtihonlarni topshirish uchun ishtirokchi “School 21"ga borishi va shaxsan ishtirok etishi kerak.

Asosiy ta’lim uchun yillik qabul 800dan ortiq o‘quvchini tashkil etishi rejalashtirilgan. Eng yaqin saralash intensivligi — 18-dekabr.

Dasturlash maktabida ishtirok etish uchun havola orqali ariza jo‘natish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.