Yandex Maps O‘zbekistonda ilk bor Good Place mukofotini joriy etmoqda. Kelasi yildan boshlab ushbu mukofot xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi, foydalanuvchilar yuqori baholagan, sharhlarda maqtagan va boshqalarga tavsiya qiladigan kompaniyalarga beriladi.

Mukofot uchun mamlakat bo‘ylab faoliyat yurituvchi, Yandex Maps’dagi reytingi 4,5 va undan yuqori bo‘lgan, tasdiqlangan profilidagi ma’lumotlar muntazam yangilab turiladigan tashkilotlar da’vogarlik qilishi mumkin.

Mijozlarning e’tirofi barcha foydalanuvchilarga ko‘rinishi uchun g‘oliblarning Yandex Maps’dagi profilida Good Place — 2027 maxsus belgisi paydo bo‘ladi. Shuningdek, kompaniyalarga eshik yoki vitrinaga yopishtirish uchun maxsus stiker beriladi. U shahar bo‘ylab yurgan odamlarga ham mukofotga sazovor bo‘lgan joylarni oson tanib olishga yordam beradi.

Good Place mukofotini kimlar olishi mumkin?

Mukofot xizmat ko‘rsatish va servis sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarga bepul beriladi. Ular qatoriga kafe va restoranlar, qahvaxonalar va nonvoyxonalar, mehmonxonalar, fitnes klublar, go‘zallik salonlari, tibbiyot va ta’lim markazlari, avtomobil yuvish shoxobchalari hamda boshqa kompaniyalar kiradi.

reklama, yandex maps

Bundan tashqari, ikkita asosiy shart mavjud:

  1. Yandex Maps’dagi reyting 4,5 yoki undan yuqori bo‘lishi kerak. Reyting foydalanuvchilarning baholari va sharhlari asosida shakllanadi.
  2. Kompaniya profilida “Ma'lumotlar egasi tomonidan tasdiqlangan” degan ko‘k belgi bo‘lishi kerak. Buning uchun biznes vakillari profildagi ma’lumotlarni kuzatib borishi va, masalan, ish vaqtini muntazam yangilab turishi muhim.

Mukofot uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Biznes vakillari Yandex Maps’dagi profili bilan muntazam ishlashi, tashkilot haqidagi ma’lumotlarni dolzarb holda saqlashi, reytingni kuzatib borishi, mijozlar fikrlariga javob berishi va ularni sharh qoldirishga rag‘batlantirishi kifoya.

Mukofot sohiblari xizmat tomonidan bir nechta mezon asosida aniqlanadi. Bunda nafaqat reyting, balki sharhlar sifati, profildagi faollik va servis qoidalariga rioya qilinishi ham hisobga olinadi. Agar xizmat mutaxassislari shubhali faollik alomatlarini aniqlasa reytingi yuqori bo‘lgan kompaniya ham mukofotni olmasligi mumkin.

reklama, yandex maps

Agar kompaniya hali Yandex Maps’da bo‘lmasa

Agar kompaniya Yandex Maps’da o‘z profilini yuritmayotgan bo‘lsa, avvalo uning manzili xaritada belgilangan yoki yo‘qligini tekshirish kerak. Buni Yandex Maps ilovasi yoki sayt orqali amalga oshirish mumkin. Agar kompaniya profili mavjud bo‘lmasa, biznes haqidagi asosiy ma’lumotlarni kiritib, shaxsiy kabinet orqali profil yaratish lozim.

reklama, yandex maps

Agar kompaniya xaritada allaqachon belgilangan bo‘lsa, uni boshqarish huquqini tasdiqlash kifoya. Buning uchun xaritadagi tashkilot profilida “Siz ushbu tashkilot egamisiz?” tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng profildagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda tahrirlash va yangilash mumkin.

reklama, yandex maps

Yandex Maps’da profil yuritish bepul.

G‘oliblar qachon aniqlanadi?

Good Place — 2027 mukofoti sohiblari 2027-yil 1-fevralda aniqlanadi. Kompaniya mukofotni qo‘lga kiritgani haqida elektron pochta va shaxsiy kabinet orqali xabar oladi. G‘oliblar shu yerning o‘zida eshik yoki vitrinaga yopishtirish uchun bepul stikerga buyurtma berishlari mumkin. Good Place belgisi kompaniyaning Yandex Maps’dagi profilida paydo bo‘ladi. Foydalanuvchilar mukofotga sazovor bo‘lgan joylarni qidiruvdagi maxsus filtr va alohida to‘plamlar orqali ham topishlari mumkin.

reklama, yandex maps


Yandex Maps — yaqin atrofdagi kafe, do‘kon yoki dorixonani topishdan tortib, shaharning notanish hududiga borishgacha bo‘lgan kundalik vazifalarni hal qilishga yordam beradigan ilova. Unda kerakli tashkilotlar va shahar obyektlarini topish, ularning ish vaqtini, fotosuratlarini, reytinglari va sharhlarini hamda boshqa foydali ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Shuningdek, ilova orqali transportning turli vositalarida yoki piyoda yurish uchun qulay yo‘nalishlarni tuzish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.