“Alibaba” asoschisi Jek Ma qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi “Hangzhou Ma’s Kitchen Food” nomli yangi kompaniyasini ishga tushirdi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

“Hangzhou Ma’s Kitchen Food” faoliyati qadoqlangan oziq-ovqat savdosi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birlamchi qayta ishlash va sotishga qaratilgan.

Ayrim xitoylik ommaviy axborot vositalari kompaniya tayyor ovqatlarni sotishini taxmin qilishgan.

Keyinchalik ulardan biri Maning “WeChat"dagi sobiq yordamchisining postiga tayanib, tayyor ovqat haqida gap bo‘lmaganini aytdi.

Kompaniya Ma 2019 -yilda investitsiya operatsiyalari uchun asos solgan “Hangzhou Dajingtou No 22 Arts and Culture” kompaniyasiga tegishli.

Kompaniya ijrochi direktor lavozimi Maning xayriya tashkiloti “Jek Ma Foundation"ning xalqaro dasturlar departamenti ijrochi direktori Jeyson Pauga berildi. Nazoratchi etib xuddi shu tuzilmaning sobiq top-menejeri Syu Shi tayinlandi.

Jek Ma 2020-yilda o‘zining fintech kompaniyasi “Ant Group“ning IPO‘sini bekor qilishga qaror qilgan Xitoy rasmiylarini tanqid qilganidan keyin tez-tez omma oldida chiqish qilishni to‘xtatdi. Tadbirkor mamlakatning moliyaviy siyosati innovatsiyalarni bo‘g‘ayotganini ta’kidladi.

2021-yilda Xitoyning monopoliyaga qarshi regulyatori “Alibaba"ga 2,8 mlrd miqdorida rekord darajadagi jarima soldi.

“Bloomberg” hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoy rasmiylarining bosimi ostida kompaniya yil davomida kapitallashuvdan $344 mlrd yo‘qotdi.

2022-yil noyabrida “Financial Times” Ma Xitoyni tark etgani va Pekinning IT sohasiga qarshi davomli tazyiqlar davrida Yaponiyada yashayotgani haqida yozgan edi.

2023-yil mart oyida “Bloomberg” ma’lum qilishicha, rasmiylar uni hukumatga biznes uchun qulay imij yaratishda yordam berish uchun qaytishga ko‘ndirmoqchi bo‘lishgan.

Tadbirkor xorijda qolishga qaror qildi va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish uchun o‘z kompaniyalarini tark etganini aytdi.