“Time” jurnali “ChatGPT” sun’iy intellektiga asoslangan chat-botni ishlab chiqaruvchi OpenAI kompaniyasi rahbari Sem Altmanni “Yilning eng yaxshi bosh direktori” deb tan oldi.

“So‘nggi haftalarda Sem Altman ishdan bo‘shatilishi va bugungi kunda sun’iy intellekt sohasini aniqlagan „ChatGPT“ chat-botini yaratgan „OpenAI“ kompaniyasining rahbari lavozimiga tezda qaytishi bilan son-sanoqsiz sarlavhalarni yaratdi”, deya izoh berishdi nashr mualliflari.

Altmanning bosh direktor lavozimidan ozod etilgani noyabr oyida ma’lum bo‘lgan edi. Ammo bu uzoq davom etmadi. Besh kundan so‘ng avvalgi lavozimiga qaytishini e’lon qildi.

Kompaniya ishdan bo‘shatish sababi sifatida Altmanning ochiq emasligini ko‘rsatdi. Altmandan keyin hammuassis Greg Brokman va bir qancha katta tadqiqotchilar kompaniyani tark etishdi.

Ular birgalikda “Microsoft” tadqiqot guruhiga qo‘shilishdi. Investorlar va xodimlar ta’sischilarni “OpenAI"ga qaytarish va kengashni tarqatib yuborishga chaqirishdi.

Tegishli talablar yozilgan xat kompaniyaning taxminan 770 nafar xodimidan 700 nafari tomonidan imzolangan.

22-noyabr kuni “OpenAI” Altman bosh direktor lavozimiga qaytishini e’lon qildi. U bilan birga Brokman yana ishlay boshladi.

Kengash tarqatib yuborildi va uning o‘rniga vaqtinchalik kengash yig‘ildi — u doimiy boshqaruv organini tashkil qilishi kerak.

30-noyabr kuni “The Verge” nashri “Microsoft"ga ovoz huquqiga ega bo‘lmagan kuzatuvchi” o‘rni berilishi haqida xabar berdi.