2022-yil sentabr oyida “Adobe” kompaniyasi “Figma” interfeyslar yaratish xizmatini $20 mlrd.ga sotib olishi haqida xabar berilgandi.

“Bloomberg” bu xususiy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyaning eng yirik xaridi bo‘ladi deya qayd etgandi.

“Adobe” bitim summasining 50% qismini naqd pulda, qolgan 50%ini esa aksiyalar shaklida to‘laydi va kelishuv 2023-yilda yakunlanishi kutilayotgandi.

“The Verge” nashri “Adobe kompaniyasi “Figma” xizmatini sotib olish rejalaridan voz kechgani haqida xabar berdi.

“Figma” bosh direktori va hammuassisi Daylan Fieldning ta’kidlashicha, tomonlar rejalashtirilgan birlashishni bekor qilish to‘g‘risida birgalikda qaror qabul qilishgan.

U buning sababi sifatida tartibga soluvchi qarshilikni ko‘rsatgani va bu biz kutgan natija emasligini qo‘shimcha qildi.

“Bizning biznesimiz, mahsulotlarimiz va maqsadli bozorlarimiz o‘rtasidagi farqlarni tushuntirish uchun butun dunyo bo‘ylab tartibga soluvchilar bilan minglab soatlar sarflanganiga qaramay, biz endi bitimni tasdiqlash yo‘lini ko‘rmayapmiz”, — dedi Field.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, “Adobe” “Figma"ga $1 mlrd miqdorida jarima to‘lashi kerak.

“Adobe” bosh direktori Shantanu Narayanning ta’kidlashicha, ikkala tomon ham regulyatorlarning qarorlariga qat’iyan rozi emaslar, ammo mustaqil rivojlanishni eng yaxshi variant deb bilishadi.

Grafik muharrirlari bozoridagi eng yirik ikki o‘yinchi 2022-yil kuzida birlashishga kelishib oldilar.

Shu bilan birga, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, “Adobe” o‘tgan ikki yil davomida “Figma"ni sotib olish bo‘yicha takliflar bildirgan va u o‘z rivojlanishini “Microsoft"ga sotishga harakat qilgan.

Bir qator mamlakatlarning monopoliyaga qarshi idoralari “Adobe” o‘sha paytda muharrirlar bozorida ustun mavqeni egallab turganini ta’kidlab, kelishuvga qarshi chiqdi. Yevrokomissiya kompaniyaga nisbatan tekshiruv boshladi.

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi bitimni blokirovka qilish uchun monopoliyaga qarshi da’vo tayyorlagan. Britaniyalik regulyator bitimni faqat bir qator shartlar bajarilganda ma’qullashini aytdi.