O‘zbekistonliklar Bolgariyadagi mehmonxona ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Fuqarolar xona tozalovchi, oshxona ishchisi, ofitsiant hamda yordamchi ishchi ish turlari bo‘yicha ishlarga qabul qilinadi.

Ish haqi 1100 Bolgariya levi ($615) ni tashkil etadi. Bunda soliqlar to‘langandan keyingi hisoblangan maosh keltirilgan.

ish vaqti 5 kun 8 soatdan davom etadi. Konsullik yig‘imidan tashqari barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi.

Nomzodlar 18 yoshdan 45 yoshgacha, tajribaga ega bo‘lishi, rus yoki ingliz tilida boshlang‘ich darajada so‘zlasha olishi kerak.

Shuningdek, sudlanmaganlik hamda O‘zbekistondan chetga chiqishga ta’qiq yo‘q bo‘lishi zarur.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda 200 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgandan keyin qabul to‘xtatiladi.

Avvalroq o‘zbekistonliklar Turkiyaga mehmonxona ishlariga taklif qilinayotgani haqida xabar berilgandi.