“Google” kompaniya mahsulotlari bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun chat-bot ishga tushirmoqda. Bu haqda “9to5google” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, u hozirda ba’zi “Google” yordam sahifalarida mavjud.

Agar foydalanuvchi ushbu sahifalarga kirsa, ekranning pastki o‘ng burchagida “Salom, men yangi yordamchiman. Javoblarni topish va hisob muammolarini hal qilish uchun men bilan gaplashing” xabari paydo bo‘ladi:

“Google” ta’kidlashicha, sun’iy intellekr hali ham o‘rganmoqda va ma’lumotnoma noto‘g‘ri natijalarni ko‘rsatishi mumkin.

Bundan tashqari, uchinchi tomon sharhlovchilari chat-bot bilan suhbatni uning javob sifatini yaxshilash uchun boshqarishi mumkin.

Ushbu suhbatlar tekshiruvchilar tomonidan ko‘rilganda “Google” hisobi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.

Qalqib chiquvchi chat oynasi to‘liq ekranga kengaytirilishi mumkin. Javobni olgandan so‘ng, ma’lumot qanchalik foydali bo‘lganini ko‘rsatish uchun uni yoqtirishingiz yoki yoqtirmasligingiz mumkin.

Unda qaysi hujjatlardan foydalanilganligini ko‘rish uchun “Mening javoblarim manbalarini ko‘rish” tugmasini bosish kerak. Google sizga qo‘shimcha savollar berishni taklif qiladi.

Chat-bot hali “Google Xaritalar”, “Xabarlar” yoki hisob qaydnomalarida ishlamaydi.