Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Bu haqda viloyat hokimining 29-dekabrdagi qarorida ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, yo‘lkira narxlari avtobuslarda bir nafar yo‘lovchi uchun 1500 so‘m, yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)larda 2000 so‘m etib belgilandi.

Bunday qaror shahar yo‘nalishida qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari xarajatlarining, jumladan, yoqilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlarning qimmatlashgani, korxonalarning moliyaviy jihatdan zarar ko‘rmasligining oldini olish munosabati bilan qabul qilingan.

Avvalroq Toshkentda jamoat transporti yo‘l haqi 1-noyabrdan oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul va bank kartalarti orqali 2000 so‘mni tashkil qiladi. “ATTO” transport kartalari orqali to‘lov uchun esa 1700 so‘m etib belgilanmoqda.

Yo‘lovchilar bir soat ichida bir avtobusdan ikkinchisiga o‘tishda “ATTO” kartasi bilan yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘laydi. Agar bir soat ichida uchinchi va to‘rtinchi avtobuslarda harakatlansa yo‘l haq bepul bo‘ladi