“Samsung” kompaniyasi “CES 2024” elektronika ko‘rgazmasida microLED texnologiyasiga asoslangan birinchi shaffof displeylarni taqdim etdi. Bu haqda “Engadget” nashri xabar bermoqda.

Taqdimotda kompaniya tomonidan qalinligi taxminan 1 sm bo‘lgan uchta namuna taqdim etildi — ikkitasi ramkasiz va bittasi ramkali. Ulardan ikkitasi rangli oynadan, uchinchisida shaffof materialdan foydalaniladi.

Nashrning sharhlovchisi shaffof versiya gologramma yoki havoda suzuvchi tasvirning maksimal effektiga erishish imkonini berishini ta’kidladi. Shu bilan birga, yuqori piksel zichligi tufayli tasvir juda aniq ko‘rinadi.

Kompaniya vakillari shaffof OLED panellari bilan solishtirganda microLED displeylarining yorqinligi oshishini ta’kidladilar. Bu yuqori yorug‘lik sharoitida yanada boy va aniq tasvirga erishish imkonini beradi.

“Samsung” hozircha yangi displey modelining texnik xususiyatlari va narxini oshkor qilmadi.

Biroq, kompaniyaning 110 dyuymli (2,8 m) diagonalli oddiy microLED ekrani endi $150 minggacha turadi, deya qayd etdi “Engadget”.


Avvalroq “Spot” “Samsung” yangi “SamsungPhone” ilovasini taqdim qilgani haqida yozgandi

Ilova yangi “Galaxy” kompyuterlari va smartfonlarini to‘liq sinxronlash imkonini beradi.