Xitoyning “Zhengzhou Hongyi Transportation” logistika kompaniyasi Shenchjendan Toshkentga avtomobilda yuk tashish xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi “IRU”.

Elektronika ortilgan yuk mashinasi Xitoyning Shenchjen shahridan yo‘lga chiqib, Qirg‘iziston hududi orqali Toshkentga yetib keldi.

6,5 ming kilometr uzunlikdagi marshrut bilan safar vaqti deyarli uch baravarga — 20 kundan 7 kungacha qisqardi.

IRU yangi marshrutning ochilishi Shenchjen va Toshkent o‘rtasidagi savdo hajmini oshirishi, chegara tartib-qoidalarini yanada osonlashtirishi hamda sayohat vaqti va logistika xarajatlarini kamaytirishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston kompaniyalari Xitoy bozoriga avtomobil tashishning muqobil yo‘nalishlarini o‘rganmoqda. Shu tariqa, yaqinda O‘zbekistondan uchta yuk mashinasi Qozog‘iston orqali Xitoy janubidagi Foshan shahriga tranzit orqali yetib bordi.

Avvalroq Rossiyaning “FESCO” kompaniyasi O‘zbekistonga logistika yo‘nalishlarini rivojlantirishda yordam berishi haqida ma’lum qilingandi.