“Apple” o‘zining so‘nggi “Apple” Watch Series 9 va Watch Ultra 2 modellarida qondagi kislorod miqdorini o‘lchash funksiyasidan voz kechishi mumkin, deya xabar berdi “Bloomberg” nashri “Masimo” texnologiya kompaniyasi bayonotiga tayanib.

2023-yil oktabr oyida AQSh Xalqaro savdo komissiyasi (ITC) yanvar oyida “Apple” “Masimo” tibbiy texnologiya kompaniyasi patentini buzganligi haqidagi sud qarorini tasdiqladi.

Mojaroga “Apple” Watch Series 9 va Apple Watch Ultra 2'da qo‘llaniladigan qon kislorod sensori sabab bo‘lgan.

21-dekabr kuni AQSh Xalqaro savdo komissiyasi (ITC) “Masimo” patenti buzilgani sababli “Apple Watch"ning ayrim modellarini sotish taqiqlanganini tasdiqladi.

“Apple"ning aqlli soatlarini import qilishni taqiqlash dastlab 26-dekabrda kuchga kirdi. AQShning Federal Apellyatsiya sudi ertasi kuni ishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.

Sud “Apple"ga taqiq bilan kurashishda davom etar ekan, soat modellarini sotishni davom ettirishga ruxsat berishini ta’kidladi.

AQSh bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati (CBP) “Apple” Watch Series 9 va Watch Ultra 2 smart-soatlarini AQShga olib kirish va sotishga qo‘yilgan taqiq qurilmalar yangilanganda olib tashlanishi mumkinligini ma’lum qildi, deb yozadi “Reuters”.

""Apple"ning yangilangan soatlari qondagi kislorod miqdorini o‘z ichiga olmaydi, deb e’lon qilishi mas’uliyat yo‘lidagi ijobiy qadamdir", deyiladi “Masimo” xabarida.

“Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri kichik kompaniyalarning intellektual mulk huquqlarini hurmat qilishi va AQSh Xalqaro Savdo Komissiyasining qoidalari buzilgan taqdirda unga rioya qilishi ayniqsa muhim”, — deyiladi kompaniya bayonotida.