“Telegram” Premium obunachilari uchun yangilanishni taqdim qildi. Bu haqda “Telegram Uzbekistan” xabar berdi.

Xabar yozishni cheklash

Endi “Telegram” Premium obunachilari bo‘lajak suhbatdoshlar doirasini o‘zlarining maxfiylik sozlamalarida cheklashlari mumkin.

Buning uchun Sozlamalar → Maxfiylik va xavfsizlik → Messages → My Contacts and Premium users (Kontaktlarim va Premium-foydalanuvchilar) ga o‘tish kerak.

telegram, yangilanish

Shunday qilib, ushbu sozlamasi yoqilgan foydalanuvchiga faqat uning kontaktlari yoki Premium obunasi bo‘lgan har qanday foydalanuvchi birinchi bo‘lib yozishi mumkin.

Oxirgi kirish vaqtini ko‘rsatish

Ilgari, agar foydalanuvchi o‘zining oxirgi faoliyati vaqtini yashirgan bo‘lsa (“yaqinda onlayn edi”), u boshqa birovning oxirgi tashrif vaqtini ko‘ra olmas edi.

Endilikda foydalanuvchi faol “Telegram” Premium obunasiga ega bo‘lsa, u o‘z vaqtini yashirmagan barcha foydalanuvchilarning oxirgi faollik vaqtini ko‘ra oladi.

Shaxsiy chatlarda xabarlarni o‘qish vaqtini ko‘rsatish

Bundan buyon “Telegram” foydalanuvchilari boshqa foydalanuvchi bilan yozishmalarida (guruh chatlaridagi xabarlarga o‘xshab) o‘z xabarlarini o‘qish vaqtini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

telegram, yangilanish

Shu bilan birga, oxirgi faoliyat vaqtini ko‘rish kabi, agar foydalanuvchi suhbatdoshining xabarlarini o‘qish vaqtini yashirmagan bo‘lsa, u o‘z xabarlari o‘qilgan vaqtni ko‘ra oladi.


Avvalroq “Spot” “Telegram"da bir martalik audio va videoxabarlar paydo bo‘lgani haiqda yozgandi.

Bundan tashqari, endilikda ovozli xabar yoki aylana videoxabarlarni yozishda ularni to‘xtatib turish ham mumkin.