2023-yilda O‘zbekiston mehnat bozorida masofaviy ish takliflari 75%ga oshgan. Bu haqida hh.uz tahlillarida keltirilgan. (“Spot” mavjud).

“HeadHunter"ning qayd etishicha, masofaviy ish tobora aktual bo‘lib bormoqda va turli kasblar vakillarini jalb etmoqda.

Masofaviy ishchilarning o‘rtacha ish haqi 6 mln so‘mni tashkil etib, mamlakatdagi umumiy ko‘rsatkichdan biroz oshgan.

Eng ommabop masofaviy sohalar — call-markazi operatorlari va sotuv menejerlari.

Eng yuqori maosh dasturchilar va ishlab chiquvchilarga taklif etiladi — o‘rtacha 15 mln so‘m. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi menejerlari 13 mln so‘m ish haqiga talabgorlik qilishadi.

Shu bilan birga, yuqori haq to‘lanuvchi sohalar ro‘yxatiga 10 mln so‘mdan 12 mln so‘mgacha maosh oluvchi data-scientist va marketologlar ham kiradi.

Masofaviy bo‘sh ish o‘rinlari orasida call-markaz operatorlarining mashhurligi yuqori bo‘lishiga qaramay, ularga 3,5 mln so‘mlik ish haqi taklif etiladi.

Shuningdek, masofaviy bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi vakansiyalar umumiy miqdorning bor-yo‘g‘i 4%ini tashkil etgan.

IT-kompaniyalar va xususiy ta’lim muassasalari masofaviy ish sohasida asosiy ish beruvchilar hisoblanadi.

Bundan tashqari, aksariyat kompaniyalar masofaviy ishlashni kerakli xodimlar uchun imtiyoz sifatida ko‘rib chiqishmoqda. Biroq, uning ommabopligi pasayib bormoqda va kompaniyalar gibrid ish formatlarini joriy qilmoqda.

Avvalroq IT-mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlarining 80%dan ortig‘i diplom talab qilmasligi haqida xabar berilgandi.