Turkiya banklari rossiyalik mijozlarga nisbatan siyosatini kuchaytirdi, deb yozadi “Vedomosti” Rossiyadagi biznes vakillariga tayanib.

Mahalliy banklarning siyosati 2023-yilning 22-dekabrida AQSh prezidenti Jo Bayden Moliya vazirligiga Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni buzganlik uchun banklarni soddalashtirilgan tartibda jazolash vakolatini berganidan keyin o‘zgardi.

Cheklovlar ostida qolish tahdidi ostida Turkiya banklari 30 kun ichida Rossiya kompaniyalari va banklarining vakillik hisoblarini yopish yoki ularga hisobvaraqlar yopilishi haqida bildirishnoma yuborishni boshladi.

Davlat banklari ayrim to‘lovlarni “yashil” ro‘yxatdagi milliy valyutalarda — oziq-ovqat, farmatsevtika, to‘qimachilik mahsulotlarida amalga oshiradi.

“Kompaniyalarga bank bilan operatsiyalarni yakunlash va hisobni yopish tavsiya etila boshlandi. Bu birinchi navbatda Turkiyadan to‘lovlar va yetkazib berishlar uchun tranzit yurisdiksiya sifatida foydalangan biznes vakillariga, shuningdek, neft va gaz savdogarlariga taalluqli”, — dedi rossiyalik biznes-konsultant Iskandar Mirgalimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatidan qat’i nazar, rossiyalik korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilgan.

Bundan tashqari, Turkiya banklari yuqori depozit qoldiqlarini saqlashi shart bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun hisob ochish shartlarini kuchaytirdi.


Avvalroq “Yevroosiyo banki” O‘zbekistonda yil oxirigacha ish boshlashni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi. Qozog‘iston kredit tashkiloti ham oflayn, ham onlayn xizmatlar ko‘rsatish niyatida.