“Amazon” xarid qilish bo‘yicha maslahatlar beruvchi chatbotni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu foydalanuvchiga kerakli mahsulotni topishga yordam berib va u haqda ma’lumot ham beradi.

Chat-bot — “Rufus” deb ataladi va hozirda u AQSHdagi ayrim foydalanuvchilar uchun beta-versiyada mavjud.

Yaqin haftalarda u mamlakatdagi barcha “Amazon” mijozlariga taqdim etiladi. Biroq chat-bot boshqa hududlarda paydo bo‘ladimi yoki yo‘qmi, aniqlanmagan.

Chat-bot “Amazon” mahsulotlari katalogi, mijozlar sharhlari, shuningdek, ixtisoslashgan jamoalardagi foydalanuvchilarning savol-javoblari va Internet ma’lumotlari bo‘yicha o‘qitildi.

“Rufus” chat-boti “Amazon"ning mobil ilovasida mavjud. U bilan ishlash uchun qidiruv satriga mahsulot nomini yoki savolni kiritish kerak.

amazon, chat-bot, maslahat, rufus, xarid qilish

Shundan so‘ng displeyning pastki qismida bot bilan dialog paydo bo‘ladi, uni to‘liq ekranga kengaytirish yoki yashirish mumkin.

Chat-bot xarid qilish bo‘yicha maslahat, tovarlarni qidirishda yordam, ularning parametrlarini solishtirishda tavsiyalar berishi mumkin.

U “eshitish vositalarini sotib olayotganda nimaga e’tibor berishim kerak?” kabi savollarga javob bera oladi.