“Apple” generativ sun’iy intellekt (AI) uchun dasturiy ta’minot funksiyalari ustida ishlamoqda, deya xabar berdi “The Verge” nashri.

Bu haqda kompaniya bosh direktori Tim Kuk kompaniyaning choraklik daromadlari to‘g‘risidagi hisobotida aytib o‘tgan.

“Apple” rahbari korporatsiya kelajakni belgilovchi texnologiyalarga sarmoya kiritishda davom etishini ta’kidladi.

Ular orasida Kuk sun’iy intellektni ham aytib o‘tdi. Kompaniya bunga katta vaqt va kuch sarflaydi. Kompaniya bosh direktori shu yil oxirida ish tafsilotlari bilan bo‘lishishga va’da berdi.

“The Verge” nashrining ta’kidlashicha, “Apple” o‘z rejalari haqida kamdan-kam xabar beradi.

Kukning e’lonini kompaniya bu yil sun’iy intellektni o‘zining dasturiy platformalari — iOS, iPadOS va macOS’ga integratsiyalash bo‘yicha ulkan rejalari borligining belgisi sifatida qabul qilinishi mumkin.

O‘tgan yil oxirida OAVlar “Apple” kompaniyasi kuchli ma’lumotlar markazlarida emas, balki iPhone’da sun’iy intellektni o‘rnatishga e’tibor qaratishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Kompaniya DRAM dinamik xotirasi bilan birga flesh-xotiradan foydalangan holda bulutdan foydalanmasdan smartfonlarda sun’iy intellekt modelini ishga tushirish usulini ishlab chiqdi.


Avvalroq “Spot” “Apple” dunyodagi eng qimmat brendga aylangani haqida yozgandi. Undan keyingi o‘rinda “Microsoft” va “Google” kompaniyalari turibdi.