Joriy yilning 1-martidan Rossiyada VPN xizmatlarini reklama qilish va ommalashtirishga taqiq kuchga kiradi. Bu haqda “TACC” agentligi “Roskomnadzor"ga tayanib xabar berdi.

2020-yil fevral oyidan boshlab mamlakatda noqonuniy kontentga kirishni blokirovka qilishni chetlab o‘tish vositalaridan foydalanish taqiqlangan.

“Joriy yilning 1-martidan boshlab bunday vositalarni ommalashtiradigan materiallarga kirishni cheklovchi qoida joriy etiladi”, dedi “Roskomnadzor”.

O‘tgan yilning sentabrida “Roskomnadzor” bloklashni chetlab o‘tish haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan saytlarga, shuningdek, tegishli dasturlarni reklama qiluvchi saytlarga kirishni cheklashni boshlashi xabar qilingan edi. Bloklash mezonlari normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilingan buyruq loyihasida keltirilgan.

Bunga odamlarni blokirovkani chetlab o‘tish usullaridan foydalanish jozibadorligiga ishontirishga qaratilgan ma’lumotlarning mavjudligi, shuningdek, ularni blokirovkani chetlab o‘tishga undash kiradi.

Oktabr oyida Federatsiya Kengashi “Roskomnadzor"ning 2024-yil 1-martdan boshlab barcha ilovalar do‘konlaridagi VPN xizmatlari, agar ular bloklangan resurslarga kirishni ta’minlasa, to‘sib qo‘yiladigan buyruq chiqarish rejasini e’lon qildi.

E’lon qilingan tegishli buyruq, xususan, Rossiyada taqiqlangan “Instagram"ga kirishni ta’minlovchi VPN xizmatlariga tegishli edi.

Shuningdek, “Play Market” va “AppStore”, agar ular bloklangan resurslarga kirishni ta’minlasa, bloklanishi ma’lum qilingandi.

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qarori loyihasiga ko‘ra, “Roskomnadzor” blokirovkani chetlab o‘tish yo‘llari va usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan internet sahifalarini Yagona reyestrga kiritish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.