“OpenAI” “ChatGPT” xotirasini sinovdan o‘tkazishni boshladi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Foydalanuvchilar chat-botdan biror narsani eslab qolish yoki unutishini so‘rashi mumkin.

Qayd etilishicha, mazkur funksiya bepul va Plus obuna foydalanuvchilarining kichik guruhida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Shaxsiylashtirish sozlamalarida xotirani yoqish va o‘chirish mumkin, deyiladi kompaniya xabarida.

Ta’kidlanishicha, test guruhiga kirgan foydalanuvchi “ChatGPT” bilan qanchalik ko‘p aloqa qilsa, uning xotirasi shunchalik tez rivojlanadi.

“OpenAI” misollar bilan xotiralar bot bilan ishlashni soddalashtirishga qanday yordam berishini ko‘rsatdi.

Qayd etilishicha, mazkur funksiya foydalanuvchilar chat-botdan keyingi foydalanishlarda maslahatlar berishi mumkin.

2023-yil noyabr oyida “OpenAI” kompaniyasi “ChatGPT” chat-boti bilan ovozli suhbatlarni bepul qildi.

Bungacha mazkur funksiyadan chat-botning faqat pullik obunachilari foydalanishi mumkin edi.


Avvalroq “Spot” “Volkswagen” avtomobillarini “ChatGPT” ovozli yordamchisi bilan jihozlashi haqida yozgandi.

Ovozli yordamchidan axborot-ko‘ngilochar tizim, navigatsiya va konditsionerni boshqarish yoki umumiy savollarga javob olish uchun foydalanish mumkin.