Majburiy ijro byurosi Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi qurilishi tugallanmagan tijorat binosini auksionga qo‘ydi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Bino Katta Xirmontepa ko‘chasida, “Vatan” kinoteatri va “Shayxontohur tekstil” fabrikasi binosi yonida joylashgan.

To‘rt qavatli bino 2021-yilda do‘kon sifatida qurilgan, biroq uning ichki bezagi tugallanmagan.

Bino ostidagi er uchastkasi 4 gektar bo‘lib, shundan 3,2 gektar qurilgan. Foydalanishga yaroqli umumiy maydoni podval bilan birga 1603 kvadrat metrni tashkil qiladi. Majmuada hechqanday kommunikatsiyalar yo‘q.

Binoning boshlang‘ich narxi 11 mlrd so‘m, zakalat puli esa 500 mln so‘mni tashkil etadi.

Auksion 25-mart kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi, arizalar shu kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi.

Lot fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2023-yil sentabrdagi hal qiluv qarori bilan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan (2−1003−2312/16410-sonli ijro hujjati).


Avvalroq “Spot” “Xalq banki” talabalar shaharchasidagi yoshlar markazini auksionga qo‘ygani haqida yozgandi.

Lotning boshlang‘ich narxi salkam 28 mlrd so‘m, zakalat puli esa 279 mln so‘mni tashkil etadi.