Pavel Durov tomonidan e’lon qilingan “Telegram"da monetizatsiya barcha mamlakatlarda ishlamaydi. Bu haqda “The Bell” kompaniyaga yaqin manbalarga tayanib yozmoqda.

Ularning fikricha, dastur faqat “Telegram Ads” reklama modeli shu paytgacha ishlamagan mamlakatlarda ishlaydi.

Kanal egalariga daromadning bir qismini taqdim etish orqali platforma yangi bozorlarda hamkorlar va vositachilarni jalb qilishga umid qiladi.

“Yangi bozorlar va mamlakatlarni ochish juda oqilona. Dunyo bo‘ylab agentliklar tarmog‘ini va boshqalarni qurish biroz qiyin. Rossiyada esa “Telegram"dagi reklama juda yaxshi sotilmoqda”, dedi nashrning suhbatdoshlaridan biri.

Rossiya va MDH davlatlaridagi foydalanuvchilar uchun 2021-yil noyabr oyidan boshlab ommaviy kanallarda mahalliy reklama xabarlari namoyish etilmoqda.

Durovning xabar berishicha, mart oyidan boshlab Telegram Ads reklama platformasi dunyoning 100 ga yaqin mamlakatlarida ishlay boshlaydi.

Bu mamlakatlardagi kanal ma’murlari “Telegram"da ko‘rsatilgan reklamadan oladigan daromadning 50%ini oladi.

Barcha hisob-kitoblar “Toncoin” kriptovalyutasida, TON blokcheyn platformasi orqali amalga oshiriladi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, bu tranzaksiyalarning tezligi va xavfsizligini ta’minlaydi, shuningdek, mualliflarga o‘z daromadlarini o‘z kanallarini rivojlantirish va reklama qilishga bemalol sarmoya qilish imkonini beradi.