“O‘zbekiston temir yo‘llari” 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

775/776-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining harakati 8, 9, 10-mart kunlari amalga oshiriladi.

Quyida harakat jadvali keltirilgan:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:

  • Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalaridan va havola orqali onlayn xarid qilish imkoniyati ham mavjud.

Avvalroq “Uzbekistan Airways” mahalliy aviaqatnovlarga 30% chegirma e’lon qilgandi.