“Mercedes-Benz” kompaniyasi “JDS Development” bilan hamkorlikda noyob aralash foydalanish uchun mo‘ljallangan turar-joy majmuasi ustida ish boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “Motor.ru” nashri xabar berdi.

Taklif etilayotgan loyiha ixcham kvartiralardan tortib keng uch xonali xonadonlargacha bo‘lgan turli turar-joylardan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, savdo maydonchalari, dam olish joylari, mehmonxona xonalari va mashinalar joylarini o‘z ichiga oladi.

Brickell hududida joylashgan ushbu 67 qavatli majmua mini-kvartira uchun $550 mingdan, hashamatli kvartiralar uchun $4 mlngacha bo‘lgan narxlarda 791 ta turar joyni taklif qiladi.

Yangi binoning me’moriy qiyofasini ishlab chiqish uchun “Mercedes-Benz” dizaynerlari taklif qilindi, ular o‘zlarining avtomobillari dizayniga xos bo‘lgan falsafasini binoning me’moriy uslubiga kiritdilar.

Osmono‘par binoning interyeri bilan “Woods Bagot” frimasi, atrofdagi hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bilan Xitoyning Shenchjen shahridagi Guyvan bog‘i loyihasi bilan tanilgan “Field Operations” landshaft studiyasi shug‘ullangan.

Ushbu loyiha nafaqat “Mercedes-Benz"ning Mayami arxitektura dunyosidagi obro‘sini oshiradi, balki uning aholisiga shahar manzaralari, qirg‘oq chizig‘i va okeanning tengsiz manzaralarini taqdim etadi.

Turar-joy majmuasi qurilishi allaqachon boshlangan, biroq qurilish 2027-yilgacha tugamaydi.


Avvalroq “Spot” “Mercedes-Benz” Dubayda $1 mlrdga hashamatli minora qurishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, mazkur hashamatli turar-joy binosidagi kvartiralarning har biri $10 mlngacha turadi.