“Balenciaga” modalar uyi yopishqoq lenta ruloni shaklidagi innovatsion dizaynli bilaguzukni taqdim etdi. Bu haqda “Independent” nashri xabar berdi.

“Gaffer Bangle” deb nomlangan yopishqoq lentali bilaguzuk kundalik buyumlarning moda tushunchalari bilan yonma-yon turishini anglatadi.

Ta’kidlanishicha, yuqori moda va kundalik hayotning bunday uyg‘unligi 3000 yevroga tushadi.

Bilaguzuk moda uyining yangi kuz-qish 2024/2025 kolleksiyasidan aksessuar hisoblanadi.

“Balenciaga” har bir uyda topiladigan kundalik buyumni olib, uni hashamatli moda bayonotiga aylantirdi, deb yozadi nashr.

balenciaga, bilaguzuk

Chet ellik moda vakillari brend qashshoqlikka estetik ko‘rinish berishga harakat qilmoqda, deb o‘ylashadi.

Bu brendning kundalik buyumlarni trendga aylantirishi birinchi marta emas. 2022-yilda “Balenciaga” o‘zining 2022-yil kuz-qish mavsumi uchun dunyodagi eng qimmat chiqindi sumkasini taqdim etdi.

O‘shanda “Balenciaga” chiqindi xaltasi 1400 yevroga ($1790 dollar) sotilishi ma’lum qilingandi.

Shuningdek, “Balenciaga” mashhur chipslar paketlari ko‘rinishidagi sumkalar kolleksiyasini taqdim etgandi.