Joriy yilning 1-aprelidan neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari o‘zgaradi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha o‘zgarishlar o‘tgan yili prezident tomonidan qabul qilingan tegishli hujjat bilan Soliq Kodeksiga kiritilgan.

Unga ko‘ra, neft masulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Tovarlar va xizmatlar nomi
Amaldagi stavka
1-apreldan amal qiladigan stavka
Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz solig‘i:
AI-80 va undan yuqori benzin (1 tonnasi uchun)
303 ming so‘m
340 ming so‘m
aviakerosin, sintetikdan tashqari (1 tonnasi uchun)
242 ming so‘m
271 ming so‘m
dizel yoqilg‘isi, sintetikdan tashqari (1 tonnasi uchun)
291 ming so‘m
326 ming so‘m
EKO dizel yoqilg‘isi, sintetikdan tashqari (1 tonnasi uchun)
262 ming so‘m
293 ming so‘m
Neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i:
AI-80 va undan yuqori benzin
(1 tonnasi uchun)
565 ming so‘m
633 ming so‘m
dizel yoqilg‘isi, sintetikdan tashqari
(1 tonnasi uchun)
516 ming so‘m
578 ming so‘m
suyultirilgan gaz
(1 tonnasi uchun)
807 500 so‘m
904 ming so‘m

Shundan kelib chiqib, “O‘zbekneftgaz” neft mahsulotlari va suyultirilgan gazini birja savdolari orqali sotishdagi boshlang‘ich narxlari apreldan boshlab, aksiz solig‘i o‘zgarishi inobatga olingan holda shakllantirilgan boshlang‘ich narxlarda amalga oshiriladi.