Ilon Maskning “Neuralink” kompaniyasining ko‘zi ojizlar uchun navbatdagi qurilmasini taqdim qildi. Bu haqda Maskning o‘zi “X” (avvalgi Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

Tadbirkor “X"dagi foydalanuvchilardan biriga javoban “Blindsight — “Telepathy"dan keyingi “Neuralink” mahsuloti” deb yozgan.

Mask qurilma implant maymunlarda ishlayotganini qo‘shib qo‘ydi.

“Dastlab, piksellar sonini “Nintendo"ning dastlabki grafikasi kabi past bo‘ladi, ammo oxir-oqibat insonning normal ko‘rish qobiliyatidan oshib ketishi mumkin”, dedi u.

Mask 2023 yilda “Neuralink” ko‘zi ojiz odamlarning ko‘rish qobiliyatini tiklaydigan qurilma ustida ishlayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chip bir necha yil ichida tayyor bo‘ladi. 2024-yil boshida tadbirkor “Blindsight” nomini tilga oldi.

2016-yilda asos solingan “Neuralink” bevosita miyadan kompyuterga aloqa uchun interfeyslarni ishlab chiqadi.

2024-yil yanvarida kompaniya birinchi marta odamga neyrochip o‘rnatganini, fevralda esa odam allaqachon “fikr kuchi bilan” sichqoncha kursorini harakatlantirganini e’lon qildi.

21-mart kuni kompaniya bemor bilan videotasvir o‘tkazdi — u onlayn shaxmat o‘ynadi.