O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga hamshiralik bo‘yicha ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • hamshiralik bo‘yicha diplom;
  • tibbiyot yo‘nalishida kamida 2 yillik tajriba;
  • ingliz tilini bilish;
  • jismonan va ruhan sog‘lom;
  • 22 yoshdan 35 yoshgacha;
  • sudlanmagan bo‘lish.

Ishga borish istagidagi nomzodlar malaka testidan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Ish haqi $1000dan boshlanadi. Ovqatlanish va yotoqxona ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatga olish jarayoni 2024-yil 30-mart soat 18:00 gacha davom etadi.

Batafsil ma’lumotlarni Migratsiya agentligining +998712023355, +998712000061 yoki 1282 qisqa raqami orqali olish mumkin.


Avvalroq “Spot” o‘zbekistonliklar Kanadadagi 5 mingta bo‘sh ish o‘rniga taklif etilayotgani haqida yozgandi.

Ish haqi soatiga $30gacha bo‘lib, fuqarolar qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarda ishlashlari mumkin.