“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent-Tel-Aviv yo‘nalishidagi bitta reysni bekor qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bu Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi, shuningdek, O‘zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq qarorini hisobga olgan holda belgilangan.

Aviakompaniyaning faqat 15-aprel kuni HY301/302 Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlari bekor qilinadi.

Yo‘lovchilar shu kun uchun belgilangan parvoz aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun “Uzbekistan Airways Sales” filialiga hamda aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

Avvalroq “Uzbekistan Airways” Mumbayga muntazam parvozlarni qayta tiklagani haqida xabar berilgandi. 2020-yilda to‘xtatilgan reyslar haftasiga ikki marta — dushanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.