“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkentdan Nijnevartovskka parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent-Nijnevartovsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar Airbus A320 Neo samolyotida haftada bir marotaba — juma kunlari olib boriladi.

Birinchi reysning ishga tushirilishi 14-iyunga belgilangan. Parvozlar “Uzbekistan Airways Express” loukoster aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali (mahalliy vaqt bilan) quyidagicha:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish — soat 05:55, Nijnevartovskka yetib borish — soat 09:20;
  • Nijnevartovskdan jo‘nab ketish — soat 11:10, Toshkentga yetib borish — soat 14:35.

Bir tomonlama aviachiptalar narxi 1,450 mln so‘mdan, borish va qaytish aviachiptalari esa 2,32 mln so‘mdan boshlanadi.

2023-yilning martida aviakompaniya Namangandan Nijnevartovskka parvozlarni boshlagandi.

2022-yilning noyabrida “Ural Airlines” va “IrAero” aviakompaniyalari Surgut, Nijnevartovsk va Tyumendan O‘zbekistonning yettita shahriga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat olgandi.