Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbout xizmati xabar berdi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishi 27, 28-may kunlari harakatlanadi.

Poyezd jadvali quyidagicha:

775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi

  • Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.

776-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Joriy yilning 24, 25, 26-may kunlari ham 775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi elektropoyezd harakatlanadi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 31-may, 1−2 iyun kunlari ham mazkur yo‘nalishda qo‘shimcha harakatni amalga oshiradi.