Xorazm viloyatida ham chiqindi xizmatlari uchun yangi narxlar belgilandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, viloyatda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, viloyat hududlarida aholi va yuridik shaxslar uchun belgilangan narxlar (QQS bilan) quyidagicha:

Hudud
Aholi uchun, so‘mda (kishi boshiga)
Yuridik shaxslar uchun, so‘mda (bir kub metr uchun)
Urganch shahri
5 880
80 640
Urganch tumani
5 880
80 640
Xiva shahri
4 592
64 400
boshqa tumanlar
4 592
64 400

Belgilanayotgan mazkur majburiy yagona tariflar sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etilgan.

Mamlakatning boshqa hududlarida ham qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlariga yagona tariflar belgilanmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Sirdaryo hamda Surxondaryoda, shuningdek, Qarshi shahrida chiqindi xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi.

Undan oldin Toshkent shahri hamda Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflar oshirilgandi. Buxoro, Namangan viloyatlarida ham mazkur xizmatlar uchun yangi narxlar belgilandi.