“Telegram"ning Android uchun manba kodida “Fact Check” nomli yangi funksiya ishlab chiqilishini ko‘rsatuvchi qatorlar topildi. Bu haqda “Telegram Info” kanali xabar berdi.

Ko‘rinishidan, u ma’lumotlarni tekshirish bilan shug‘ullanadigan agentliklar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

“Fact Check” funksiyasi xabarlarga aniq ma’lumot qo‘shish imkonini beradi. Ammo u “Twitter"dagi “Community Notes” funksiyasi kabi ishlamaydi.

Har bir mamlakat hukumati “Telegram"dagi faktlarni tekshiradigan agentlikni tayinlashi mumkin bo‘ladi. U bloklar tarkibini to‘liq nazorat qiladi, oddiy foydalanuvchilar esa bu qaydlarga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi.

“Bu nima?” tugmasini bosganda ko‘rib chiqishni taqdim etuvchi agentlik haqida batafsil ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

“Telegram"dagi “Fact Checks"dan farqli, “Twitter"ning hamjamiyat eslatmalari oddiy foydalanuvchilar tomonidan tuziladi va baholanadi, eng foydali qaydlar esa turli siyosiy qarashlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarning ovozlari asosida algoritm bo‘yicha tanlanadi.


Avvalroq “Spot” “Telegram” ichki valyutani ishga tushirishga tayyorlanayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, u orqali messenjerdagi raqamli mahsulot va xizmatlar uchun to‘lov qilish mumkin.