2024-yilning yanavar-aprel oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 361 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Shundan 74,7 mlrd so‘mi, ya’ni 20,6%i 20ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 921,3 mlrd so‘mni, soliq imtiyozlari esa 16,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Yanvar-aprel oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonasi “Mak Food Servis” — “Evos” brendi bo‘ldi. Korxona tomonidan 22,1 mlrd so‘m soliq to‘langan.

Shuningdek, korxonaning tovar aylanmasi 250,3 mlrd so‘mni, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari 4,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ikkinchi o‘rinda esa o‘tgan yilda eng ko‘p soliq to‘lagan “KFC” tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — “International Foodchain” turibdi.

Korxona to‘rt oyda 219,9 mlrd so‘mlik aylanmasi bilan 13,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Kuchli uchlikni birinchi chorakda ikkinchi o‘rinni egallagan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining umumiy ovqatlanish sho‘ba korxonasi “Ketring” yakunladi.

Kompaniya 118,9 mlrd so‘m aylanma bilan 11,4 mlrd so‘m soliq to‘ladi.

Quyida 20ta umumiy ovqatlanish korxonalari har birining tovar aylanmasi, to‘langan soliqlari va imtiyozlari ko‘rsatilgan:

Kompaniya nomiTovar aylanmasi, mlrd so‘mdaTo‘langan soliqlar, mlrd so‘mdaSoliq imtiyozlari, mlrd so‘mda
1Mak Food Servis (Evos)250,322,14,4
2International Foodchain (KFC)
219,913,34,1
3Ketring118,911,42,2
4Euro Asia Lider Service13,46,51
5Savdo
37,42-
6Good Food Catering33,11,8-
7Aviatika6,81,7-
8Concept Catering
6,51,50,1
9Vanilla Food
14,71,40,2
10Sayohat-Travel10,61,40,4
11Blackpilaf
32,91,40,4
12Maxway Food38,51,30,2
13Ol Foodchain31,31,30,3
14PJ Eastern Group8,41,3-
15Xonobod Fayz Taomlari
9,61,1-
16Alfa Best
20,31,12,9
17Sirovarnya Super Food251,1-
18Nishon Invest6,31-
19Efendi Co Ltd4,41-
20Oqtepa-Food Service33,20,90,2

Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy internet-kompaniyalari haqida yozgandi.