Avvalroq majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan prezident qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Hujjat bilan, 2024-yilning 1-sentabridan pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyati vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi.

Shuningdek, tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun har oylik yig‘im joriy etiladi.

Bunda, mazkur savdoni amalga oshirishga oyiga BHMning 10%i (34 ming so‘m) miqdorida to‘lovlar undiriladi.

Yil boshida Senat O‘zbekistonda import qilingan pivo va vinolarni reklama qilishga ruxsat berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qilgandi.

2022-yil iyun oyida qabul qilingan tegishli qonunning amaldagi tahriri faqat mahalliy ishlab chiqarilgan vino va pivo reklamasiga ruxsat beradi.

Avvalroq tamaki mahsulotlari tarkibiga talablar belgilangani haqida xabar berilgandi. Tamaki mahsulotlari uchun 2025-yildan kuchga kiradigan texnik reglament tasdiqlandi.